Yangi maqolalar

Yangi sharhlar

    Arxivlar

    Bo’limlar


    Archive for Oktabr, 2022

    2022-yil 24-oktyabr kuni 2022-2023 o’quv yili uchun yangi qabul qilingan o’quvchi yoshlari bilan guruh rahbarlari va ustozlari bilan uchrashuv o’tkazildi. Kollejga yangi qabul qilingan o’quvchi yoshlar kollej tartib qoidalari, odob-axloq normalari, kollejdagi forma kiyinish madaniyati, muomala madaniyati bilan tanishtirildi. O’quvchi yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.


    2022-yil 21-oktyabr «O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun»ligi munosabati bilan Zarafshon tibbiyot kollejida XDP Zarafshon shahar kengashi Mafkura bo’limi targ’ibotchisi I.Olimova hamda ARM rahbari I.Boltayeva hamkorlikda «O’zbek tilim – millatimning tili bu!» mavzusida kollej kutubxonasdida o’quvchi yoshlar o’rtasida seminar o’tkazildi. Ushbu seminarda o’quvchilarimizga O’zbek atamasining kirib kelishi, tarixi, madaniyati haqida ma’lumot berildi.O’quvchilar tilga oid she’r va maqollar bilan ishtirok etdilar.


    Zarafshon tibbiyot kollejida o’quvchi yoshlar o’rtasida «Zakovat » intellektual o’yini o’tkazildi. Ushbu o’yinda o’quvchilar faol ishtirok etdilar 20 ta ishtirok etgan savoldan «Fidoiylar» jamoasi 10 ta savolga javob berib g’oliblikni qo’lga kiritdilar. G’olib komanda jamoasi kollej ma’murati tomonidan munosib rag’batlantirildi.


    Zarafshon shahar Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi rahbari M.Jo’rayev O’zbekiston Xalq Demokratik Partiyasi Zarafshon shahar kengashi Mafkura bo’limi boshlig’i I.Olimova va XDP ning faol vakillari M.Ibragimova, Kasbiy ta’lim bo’yicha direktor o’rinbosari N.Srojovalar hamkorligida bitiruvchi o’quvchilarni bandligini ta’minlashda banklar tomonidan berilayotgan imtiyozli kriditlardan foydalanish, o’z-o’zini band qilish, qisqa kurslarga o’qib olish yoki hunarmandchilikni rivojlantirish, kam ta’minlangan oila farzandlari hamda, ayollarga ijtimoiy yordam ko’rsatish yuzasidan davra suhbati o’tkazildi. Ushbu davra suhbatida o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollari bilan ishtirok etib yetarlicha savollariga javob oldilar.