Zarafshon Abu Ali Ibn Sino jamoat salomatligi texnikumi
Yangi maqolalar
- «Fitoterapiya» fanidan ochiq dars
- 14-fevral Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.
- Zarafshon tibbiyot texnikumi 21-mart Navro’z ayyomiga tayyorgarlik ko’rmoqda.
- Тиббиёт институтлари билан ҳамкорлик йўлга қўйилди
- «Xalq Konstitutsiya bilan xalqchil davlat sari!» mavzusida targ’ibot tadbiri
Yangi sharhlar
Arxivlar
- Fevral 2025
- Mart 2024
- Mart 2023
- Fevral 2023
- Noyabr 2022
- Oktabr 2022
- Sentabr 2022
- Avgust 2022
- Aprel 2022
- Mart 2022
- Fevral 2022
- Yanvar 2022
- Dekabr 2021
- Noyabr 2021
- Iyul 2021
- Mart 2021
Bo’limlar
Archive for Sentabr, 2022
2022-yil 15-sentyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Xalq Demokratik Partiyasi Zarafshon shahar kengashi Mafkura bo’limi boshlig’i I.Olimova, shahar ma’naviyat va ma’rifat bo’linmasi rahbari D.Bahronova, shahar oila va xotin-qizlar bo’limi G Ro’ziyevalar Zarafshon tibbiyot kollejida o’quvchi yoshlar o’rtasida korxona tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar o’rtasida ijtimoiy- ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash maqsadida «Ayollar bilan yuzma-yuz» mavzusida oilaviy ajrim hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish, odam savdosini oldini olish masalalariga qaratilgan targ’ibot-tashviqot ishlarini olib borishga mo’ljallangan manzilli dastur ijrosi yuzasidan davra suhbati o’tkazdilar.



Zarafshon tibbiyot kollejida 2022-yil 5-sentyabr kuni Zarafshon tibboyot kollejida «Mustaqilligimizning 31 yilligi» va «Bilimlar kuni» munosabati bilan kollejning faollar zalida «Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz» shiori va mavzusida mustaqillik darsi o’tkazildi. Mustaqillik darsida kollejning huquq fani o’qituvchisi Ibragimova Marhabo Karimovna so’zga chiqib Yangi O’zbekistonimizda el aziz, inson azizligi mustaqillikni qadrlash kerakli, yoshlar uchun yaratib berilgan imkoniyatlardan odilona foydalaniz kerakligi yurtimiz bayrog’ini o’z bilim va mehnatimiz bilan baland ko’tarib dunyoga tanitish lozimligi haqida o’z fiklarini bildirdi. Har doim mustaqillik bayramida hamisha qatag’on qurbonlari ham xotirlanishi va birinchi prezidentimiz Islom Karimovning mustaqillik tamal toshini qo’yib tinchlikni mustahkamlab xalqimiz yaxshi, farovon yashashi uchun qo’shgan hissasi haqida O’zbekiston Respublikasi XDP Zarafshon shahar kengashi vakili I Olimova fikrlarini bildirdirar ekan mustaqillikni qadriga yetish kerakligi ta’kidlandi.



2022 – yil 5-sentyabr kuni Zarafshon tibbiyot kollejida Mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan hamda «Bilimlar kuni» munosabati bilan «Yangi o’zbekistonda el aziz, inson aziz» shiori ostida bayram tadbiri o’tkazildi. Bu tadbirda O’zbekiton Xalq Demokratik Partiyasining Zarafshon shahar kengashi raisi Shavkat Usmonov va Mafkura bo’limi boshlig’i Inobat Olimova kollejning barcha ma’muriyat xodimlari va ustozlari hamda ikkinchi bosqich o’quvchilari ishtirok etdilar. Bayram tadbiri avval O’zbekiston Respublikasi Davlat Mathiyasi bilan boshlandi so’ngra kollej direktori Sattorov Navro’z Xudoyqulovich so’zga chiqib barcha kollej ustozlari va o’quvchilarni mustaqilligimizning 31 yilligi va Bilimlar kuni bilan tabrikladi. Bayram tadbiridan so’ng barcha guruh rahbarlari va barcha o’quvchilari kollejining «Faollar zali» ga Mustaqillik darsiga kirishlari kuzatib qolindi.


