Yangi maqolalar

Yangi sharhlar

    Arxivlar

    Bo’limlar


    Archive for Mart, 2022

    2022-YIL 29-MART KUNI ZARAFSHON TIBBIYOT KOLLEJI 1-2-BOSQICH GURUH O’QUVCHILARI O’RTASIDA «ZAKOVAT» INTELLEKTUAL O’YINI TARZDA O’TKAZILDI. USHBU O’YINDA 20 TA GURUH O’QUVCHILARI FAOL ISHTIROK ETIB 101-104- 105-106-211- GURUH O’QUVCHILARI «ZAKOVAT» SAVOLLARIGA JAVOB BERIB G’OLIBLIKNI QO’LGA KIRITDILAR. BILAG’ONLAR BELLASHUVIDA FAOL ISHTIROK ETGAN GURUHLARGA VA GURUH RAHBARLARI 101- GURUH RAHBARI MALIKOVA DILDORAGA, 104-GURUH RAHBARI PRIMOVA NARGIZAGA, 105- GURUH RAHBARI ZAYNIYEVA ZUHRAGA, 106-GURUH RAHBARI MAHMUDOVA ZAMIRAGA, 211- GURUH RAHBARI INOBAT OLIMOVAGA GURUH O’QUVCHILARINI FAOLLASHTIRIB ISHTIROKINI TA’MINLAB O’ZLARI HAM ISHTIROK ETGANLARI UCHUN KOLLEJ MA’MURIYATI O’Z MINNATDORCHILIGINI BILDIRADI.


    2022-yil 19-mart kuni Zarafshon shahar hokimligi tomonidan Navro’z sayli tashkil etildi va konsert dasturi namoyish etildi. Bunda barcha korxona va tashkilotlar hamda zarafshonliklar faol ishtirok etishdi. Tadbir barchaga birdek xush kayfiyat bag’ishladi. Zarafshon tibbiyot kolleji jamoasi ham «Navro’z-umumxalq bayrami»ni nishonlanayotgan Zarafshon shahar tadbiriga faol ishtirok etdi.


    2022-yil 18-mart kuni Zarafshon tibbiyot kollejida «Navro’z» umumxalq milliy bayramimiz munosabati bilan kollej jamoasi o’rtasida bayram dasturxoni yozildi. Shu munosabat bilan milliy taomimiz halisa kollejimiz direktori Sattorov Navro’z Xudoyqulovich tomonlaridan tashkil qilinib bayram dasturxoniga tortiq qilindi. Navro’z-umumxalq milliy bayrami» munosabati bilan kollejimiz jamoasi o’rtasida bayram dasturxoni yozilib xudoyi qilindi. Shu munosabat bilan kollejimizda bir necha yil ishlab o’z mehnati bilan shu kollejni rivojlanishiga o’z hissasini qo’shgan va hozirgi kunda boshqa tashkilotlarda o’z faoliyatini olib borayotgan, nafqaga chiqqan ustozlarimiz bayram dasturxonimizga lutfan taklif qilindilar. Shu bilan birga kollejimiz bilan doimiy hamkorlik qilib kelayotgan shahrimizdagi hamkasb Kasb-hunar maktabi direktori va Texnikum direktori bayram dasturxonimizda mehmon bo’lishdi. Barcha kelgan ustozlar va kasbdoshlar bayram bilan jamoamizni tabriklab, kollejimiz nomiga chiroyli niyat va tilaklarini bildirdilar. ZARAFSHON TIBBIYOT KOLLEJI HAR SOHADA HAR DOIM ILG’OR BO’LGANINI VA HOZIR HAM O’Z MAVQEINI SAQLAB KELAYOTGANINI TA’KIDLASHDI. BAYRAM BARCHANI MEHR-OQIBATLIK, SOG’INCH HISSI BILAN BIRLASHTIRDI. KIRIB KELAYOTGAN «NAVRO’Z» BAYRAMI MUBORAK BO’LSIN!


    Navro’zi olam muborak!
    03 18th, 2022

    Zarafshon tibbiyot kollejida 2022- yil 17-mart kuni «Navro’z» bayramiga bag’ishlab «Navro’zi olam keldi» mavzusida bayram tadbiri o’tkazildi. Bunda barcha 1-2 – bosqich o’quvchilari faol ishtirok etdilar. Shu kuni «Milliy taomlar» tanlovi o’tkazildi. Bunda 211-201-101-guruh o’quvchilari 1-o’rinni egalladilar. 203-104-107-guruh o’quvchilari 2-o’rinni, 204-207-210-guruh o’quvchilari 3-o’rinni egalladilar. Barcha g’olib jamoa guruhlari kollejning esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.


    Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yurtimiz boʻylab amalga oshirilayotgan «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida Zarafshon tibbiyot kollejida iqlim sharoitiga mos boʻlgan koʻchatlar ekish ishlari qizgʻin tashkil etilmoqda.
    Bugungi kunda jamoa tomonidan jami 70 tup archa, mevali va manzarali daraxtlar hamda atirgul koʻchatlari oʻtkazildi.


    ZARAFSHON TIBBIYOT KOLLEJI JAMOASI 8-MART XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI MUNOSABATI BILAN 2022-YIL 7-MART KUNI BAYRAM DASTURXONIDA BARCHALARI YIG’ILISHDI. AZIZ VA MUHTARAM AYOL QIZLARIMIZGA BAYRAM TABRIGI AYTILDI.

    Ассалом-у алайкум, Муҳтарама аёллар, қадрли опа-сингиллар, ўз латофатида ягона гўзаллар!

    8 март-«Халқаро хотин-қизлар куни» билан самимий муборакбод этаман.

    Сизнинг дунёдаги энг гўзал опа-сингил, меҳрибон она, қадрли устоз, ҳурматли ҳамкасб сифатида қадрингиз баланд.

    Ҳар доим сизни бахтли, кўзингиз қувноқ, қалбингиз хотиржам, юзингизда табассум, фарзандларининг фахри билан яшайдиган она, жамиятнинг бахтли аёли сифатида кўришни истаймиз.

    Сиз бахтли бўлсангиз, оила – тинч, жамият – соғлом, фарзандлар меҳрли бўлишига ишонамиз.

    Сиз бахтли бўлишга лойиқ, доим гўзал бўлиб юришга арзийдиган хилқатсиз!

    Аслида, ҳар кунингиз байрам сизнинг. Ҳар доим қадрланишга, мукаррам бўлишга лойиқсиз. Ушбу кунда эса сизни кўпроқ эътироф этишади.

    Байрамингиз муборак бўлсин, азиз аёллар!