Yangi maqolalar

Yangi sharhlar

    Arxivlar

    Bo’limlar


    Archive for Fevral, 2022

    Zarafshon tibbiyot kolleji o’quvchilari o’rtasida 2022-yil 17- fevral kuni guruhda 246 nafar o’quchi a’zo bo’lip shundan 72 kishi ushbu guruhda «Zakovat» intellektual o’yinida faol ishtirok etdi. Bu bilimdonlar o’yinida Zayniyeva Zuhra rahbarlik qilayotgan 105-guruh o’quvchisi Ibrohimova Dilhayo 5 ta savolga javob topib g’oliblikni qo’lga kiritdi. «Zakovat» intellektual o’yinida guruhi o’quvchilarini faollashtirib borayotgan barcha guruh rahbarlarimizga o’z minnatdorligim va tashakkurimni bildiraman. Raxmat barchalarizga faollliklariz uchun. Tabriklaymiz Dilhayo yutuqlariz bardavom bo’lsin.


    Zarafshon tibbiyot kolleji o’quvchilari o’rtasida 2022-yil 15-fevral kuni onlayn tartibda «Zakovat» intellektual o’yini o’tkazildi. Bunda eng faol guruh 105-109 -guruhlar jamoasi bo’lib bular 105-guruh o’quvchisi Aziza Boxanova,109- guruh o’quvchisi Astanova Parizoda, va 105-guruh o’quvchisi Ibragimova Dilhayo, 105-guruh o’quvchisi Maqsuda Umarovalar eng zo’r ishtirok etgan bilag’onlar jamoasi bo’ldilar. Siz ham keling safimizga qo’shiling o’z bilimingizni sinab ko’ring.


    2022- yil 15-fevral kuni Zarafshon tibbiyot kollejida 101-102-guruh o’quvchilari o’rtasida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag’ishlab «Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur 539 yoshda» mavzusida bayram tadbiri o’tkazildi. Ushbu tadbirni yakunlovchi bosqichidan fotolavha e’tiboringizga havola etamiz.


    2022- yil 9-fevral kuni Zarafshon tibbiyot kolleji talabalari o’rtasida onlayn tarzda Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligiga bag’ishlab «Zakovat» intellektual o’yini o’tkazildi. Kollejning «ZTK KITOBXON» guruhida jami 253 nafar o’quvchilarimiz ixtiyoriy kirgan bo’lib bugungi onlayn «Zakovat» intellektual o’yinida 87 nafar o’quvchilarimiz ishtirok etdi va kuzatib bordi. Bu bilimdonlar bellashuvida 210- guruh talabasi Samiyeva Sevinch 7 ta savoldan 3 tasiga to’g’ri javob berib 1- o’rinni qo’lga kiritdi. Har 3 kunda 2 marta o’tkazilayotgan bilimdonlar bellashuviga marhamat siz ham ishtirok eting va o’z bilimingizni sinab ko’rib g’olibimiz bo’ling.


    2022- yil 8-fevral kuni Zarafshon tibbiyot kolleji o’quvchilari o’rtasida onlayn tarzda «Zakovat» intellektual o’yini o’tkazildi. Kollejning «ZTK KITOBXON» guruhida jami 253 nafar o’quvchilarimiz ixtiyoriy kirgan bo’lib bugungi onlayn «Zakovat» intellektual o’yinida 80 nafar o’quvchilarimiz ishtirok etdi va kuzatib bordi. Bu bilimdonlar bellashuvida 107- guruh talabasi Bobobekova Yulduz 1- o’rin, 209-guruh o’quvchisi Atoyeva Gulhayo, 105-guruh o’quvchisi Maqsuda Umarova, 102- guruh o’quvchisi Egamberdiyeva Shoxsanam 2- o’rin sohibi bo’lishdi. Har 3 kunda 2 marta o’tkazilayotgan bilimdonlar bellashuviga marhamat siz ham ishtirok eting.


    Har hafta shanba kuni Zarafshon tibbiyot klubi o’`qituvchilari va ma’muriyat xodimlari bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida shahar kutubxonasida kitob mutoalasida bo’ladilar