Zarafshon Abu Ali Ibn Sino jamoat salomatligi texnikumi
Yangi maqolalar
- «Fitoterapiya» fanidan ochiq dars
- 14-fevral Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.
- Zarafshon tibbiyot texnikumi 21-mart Navro’z ayyomiga tayyorgarlik ko’rmoqda.
- Тиббиёт институтлари билан ҳамкорлик йўлга қўйилди
- «Xalq Konstitutsiya bilan xalqchil davlat sari!» mavzusida targ’ibot tadbiri
Yangi sharhlar
Arxivlar
- Fevral 2025
- Mart 2024
- Mart 2023
- Fevral 2023
- Noyabr 2022
- Oktabr 2022
- Sentabr 2022
- Avgust 2022
- Aprel 2022
- Mart 2022
- Fevral 2022
- Yanvar 2022
- Dekabr 2021
- Noyabr 2021
- Iyul 2021
- Mart 2021
Bo’limlar
Archive for Fevral, 2022
2022-yil 28-fevral kuni Zarafshon tibbiyot kolleji o’quvchilari o’rtasida onlayn tartibda navbatdagi «Zakovat» intellektual o’yini o’tkazildi. Ushbu o’yinda 108-guruhdan Boxanova Aziza, 104-guruhdan Jomamatova Barchinoy, 107- guruhdan Bobobekova Yulduz faol ishtirok etdilar.Ushbu «Zakovat» intellektual o’yinida guruhda 283 nafar a’zo o’quvchilar bo’lib 80 nafari onlayn tartibda ishtirok etdi va kuzatdi. Barcha guruh rahbarlarini o’quvchilarini faol ishtirok etishini ta’minlashda faolliklari uchun o’z minnatdorchiligimni bildiramiz.

Bugun 2022-yil 26-fevral kuni Zarafshon tibbiyot kollejida o’quvchi yoshlar o’rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish yuzasidan «Giyohvandlik va uning zararli oqibatlari» mavzusida Zarafshon shahar IIB bo’limi boshlig’i o’rinbosari B. Fattoyev, IIB Ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosar Z. Karimov, IIB tezkor vakili M.Elmurodovlar ishtirokida davra suhbati o’tkazildi hamda mavzuga oid vidyorolik namoyish etildi. Davra suhbati oxirida o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblarni tingladilar.


Bugun 2022 – yil 25 – fevral kuni Zarafshon tibbiyot kollejiga Navoiy viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshlig’i N.R. Ulug’berdiyev Zarafshon tibbiyot kollejida ta’lim-tarbiya jarayonini qanday faoliyat olib borayotganligi, obodonlashtirish ishlarini hamda o’quvchi yoshlar ta’lim olishlari uchun yaratilgan shart- sharoitlar bilan tanishish maqsadida kollejga tashrif buyurdilar. Bu tashrif jarayonida N.R. Ulug’berdiyev o’quv amaliyot darslari o’tilayotgan jarayonlar, o’quvchilarni darslarga ishtiroki bilan birga, o’quvchi yoshlarimizni taklif va muammolarini so’radilar. Ularga bugungi zamon talabi o’quvchi yoshlarimiz o’z ustilarida ko’proq ishlab, egallagan kasblarini yaxshi o’rganib, oliy ta’limga harakat qilish, hamda ko’proq kitob o’qishlarini, chet tillarni puxta egallashlarini ta’kidlab o’tdilar. Bunday rahbar bilan uchrashuv o’quvchi yoshlarimiz kuchiga kuch, o’qishga bo’lgan shijoatiga shijoat qo’shdi, ularni yanada kuchli bilim olishga chorladi.


2022- yil 24-Fevral kuni Zarafshon tibbiyot kollejida birinchi bosqich o’quvchilari o’rtasida «Har haftada bir kitob mutolaa qilamiz» loyihasi asosida kitobxon tanlovi o’tkazildi. Ushbu tanlovda Malikova Dildora rahbarlik qilayotgan 101- guruh jamoasi 11,5 ball bilan birinchi o’rin sohibi bo’ldilar. Mahmudova Zamira rahbarlik qilayotgan 106-guruh jamoasi 5 ball bilan 2 – o’rin sohibi bo’ldilar. Hayotova Shaxlo rahbarlik qilayotgan 107- guruh jamoasi 3 ball, Nasvaliyeva Zebo ustozimiz rahbarlik qilayotgan 108-guruh jamoasi 3 ball yig’ib 3-o’rin sohibi bo’ldilar. Barcha guruh rahbarlarimizga va kitobxon o’quvchilarimizga kollej ma’muriyati tomonidan o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.


2022-yil 22- fevral kuni Ichki turizimni rivojlantirish maqsadida Zarafshon shahar hokimining 2022-yil 18-fevral kunidagi xatiga Zarafshon tibbiyot kollejining 1- bosqich 103-guruh jamoasi Zarafshon shahridagi muzeyga sayohatda bo’ldilar. Bu sayohatda Zarafshon shahrining qadimgi tarixi, o’tmishi, buguni, erishgan yutuqlari, ishlab chiqarish sanoati tarixi bilan yaqindan tanishdilar.


2022-yil 23-fevral kuni Zarafshon tibbiyot kollejida birinchi bosqich o’quvchilari 105 va 109-guruh o’quvchilari o’rtasida kollej kutubxonasi ARM rahbari Xojiyava Dildor va XDP a’zolari bilan hamkorlikda «Zakovat» intellektual o’yini o’tkazildi. Ushbu bilimdonlar bellashuvida 105-guruh jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritdi.

