Yangi maqolalar

Yangi sharhlar

    Arxivlar

    Bo’limlar


    Archive for Dekabr, 2021

    Zarafshon tibbiyot kollejida 2022-yil 22-dekabr kuni kollej o’qituvchilari, ishchi xodimlari o’rtasida Sport mashg’ulotlaridan jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi Safarova Nigora Qudratovna tomonlaridan «Ertalabgi badan- tarbiya» mashg’ulotlari o’tkazildi.


    Har haftada bir kitob
    12 9th, 2021

    Zarafshon tibbiyot kollejida 2021- yil 9- dekabr kuni 209- guruh talabalari «Har haftada bir kitob» loyihasi asosida kollej kutubxonasida kitob mutolaasida bo‘ldilar. Ular o’zlari sevib mutolaa qiadigan kitoblarini o’qib, bahra oldilar.


    Zarafshon tibbiyot kollejida 2021- yil 7- dekabr kuni 8- dekabr «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun» munosabati bilan «Konstiyutsiya-baxtimiz qomusi» mavzusida talabalar o‘rtasida davra suhbati o‘tkazildi. Ushbu davra suhbatini Konstitutsiya fani o‘qituvchisi Ibragimova Marhabo Karimovna va Yoshlar Ittifoqi Yetakchisi Ikromova Ozoda olib bordilar. Talabalar Konstitutsiyamizga oid savollariga ustozlaridan keragicha javob oldilar. Barchamizga Konstitutsiyamiz bayrami muborak bo‘lsin.


    Zarafshon tibbiyot kolleji jamoasi bugun 2021- yil 7- dekabr kuni 8- dekabr «Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun» munosabati bilan shahardagi «Musiqa maktabi» da o‘tkazilgan shahar tadbirida ishtirok etdilar. Bayram chiroyli raqs va qo‘shiqlarga boy bo‘ldi. Barchaga bayram tadbiri yaxshi ta‘surot qoldirdi.



    Bugun 2021-yil 3-dekabr kuni Zarafshon tibbiyot kollejida «Fizioterapiya va massaj» fanidan pedagog vrachimiz Sharopova Nargiza Samiyevna tomonidan 201,-202,-203,-204,-205- guruhlar o‘rtasida «Yosh fizioterapevtlar» mavzusida viktorina o‘tkazildi. Viktorina davomida o’quvchilar fizioterapiya fanidan olgan bilimlarini namoyish qilishdi, amaliy ko`niklarni bajarib ko`rsatishdi. erkin mavzuda esa o’z iqtidorlarini ko’rsatishdi. Viktorinada `205- guruh talabasi Komilova Barchinoy 1- o‘rin, 204- guruh talabasi Ikromova Gulzoda 1- o‘rin,202- guruh talabasi Mahmudova Sitora 2-o‘rin, 201-guruh talabasi G‘aniyeva Nigora 3-o‘rin, 202- guruh talabasi Arazdurdiyeva Elvan 3-o‘rin sohibi bo‘ldilar. Talabalarimiz ustozlarining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.


    Bugun 2021-yil 1-dekabr «Butun jahon OITS ga qarshi kurash» kuni munosabati bilan «Yuqumli kasalliklar» fani o‘qituvchilari Hamdamov Sobir Sodiqovich va Primova Nargiza Sobirovna tomonidan «Qo‘lni qo‘lga beraylik, OITS ga qarshi kurashaylik» shiori ostida seminar o‘tkazildi. seminarda Hamshiralik ishi yo’nalishi o’quvchilari ishtirok etib, sahna ko’rinishlari namoyish qilishdi.