Yangi maqolalar

Yangi sharhlar

    Arxivlar

    Bo’limlar


    Archive for the 'Yangiliklar' Category

    Bugun o’lkamizga «Navro’z» bayrami eshik qoqib kirib kelmoqda.Shu munosabat bilan Zarafshon shahrimizda «Navro’z umumxalq» bayrami keng nishonlanyapti. Zarafshon tibbiyot kolleji jamoasi ham shahar bayramiga faol ishtirok etyapti. Barcha yurtdoshlarimizga qutlug’ qadamlar bilan kirib kelayotgan fasllar malikasi bahorning yangilanish va yasharish, ezgulik va mehr oqibat ayyomi- Navro’zi olam muborak bo’lsin! Bahorning tabarruk ayyomi Sizga, oilangizga va har bir xonadonga tinchlik, osoyishtalik, risq-nasiba, olam-olam sevich va baxt olib kelsin!


    2023-yil 17-mart kuni Zarafshon shahridagi «Yulduz» madaniyat uyida shahar hokimligi tomonidan oilalar mustahkamligini saqlash va oilalarda ibratli qaynona va kelinlarni ko’paytirish maqsadida 13 ta Mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi qaynona kelinlar o’rtasida «Ibrali qaynona va kelin» ko’rik-tanlovining shahar bosqichi o’tkazildi. Ushbu tanlovda «Konchilar» MFY da yashovchi hozirda Zarafshon tibbiyot kollejining birinchi bosqich 101-guruh «Davolash ishi» yo’nalishi o’quvchisi Nizomova Marjona qaynonasi bilan faol ishtirok etib 13 ta mahalla ichidan ko’rik-tanlovning shahar bosqichida ikkinchi o’rin sohibi bo’ldi


    2023-yil 17-mart kuni «Ibn Sino izdoshlari» ko’rik-tanlovining viloyat bosqichi o’tkazildi. Viloyat bosqichida Zarafshon tibbiyot kolleji, Navoiy AAIS JS texnikumi va Xatirchi AAIS JS texnikumi Hamshiralik ishi yo’nalishi o’quvchilari ishtirok etishdi. Zarafshon tibbiyot kollejida o’tkazilgan «Ibn Sino izdoshlari» ko’rik-tanlovining shahar boshqichi 1-o’rin sohibasi 207-guruh «Hamshiralik ishi» yo’nalishi o’quvchisi Sobirova Nafosat Sobir qizi Navoiy shahrida o’tkazilgan «Ibn Sino izdoshlari» ko’rik-tanlovining viloyat boshqichida ishtirok etdi hamda 207 » Sobirova Nafosat Sobir qizi 2-o’rin sohibi bo’ldi. Ushbu o’quvchini viloyat bosqichiga tayyorlashga yordam bergan Shaxlo Hayyotova va Nigora Srojovaga hamda «Maxsus fanlar» kafedrasi ustozlariga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.


    2023-yil 16-mart kuni Zarafshon tibbiyot kollejida o’quvchilar o’rtasida 21-mart «Navro’z umumxalq bayrami» munosabati bilan guruhlar o’rtasida «Osh sayli » o’tkazildi. Ushbu saylda barcha 16 ta guruh o’quvchilari faol ishtirok etdilar va o’zlarini tabrik va ezgu tilaklarini chiroyli qo’shiq, raqs hamda chiroyli ko’rinishlar bilan namoyish qildilar. Bu tanlovda faol ishtirok etgan 16 ta guruhdan tanlangan oshpazlar o’choqda osh damlab hakamlarga tayyorlagan oshlaridan namoyish qilib taqdim etdilar. «Osh tanlovi» hakamlari 16 ta guruhdan oshpaz o’quvchilarimiz tomonidan taqdim etilgan oshlarni baholab taqdirladilar. Bugungi bayram tadbiri barchaga unutilmas onlarni xursandchiliklarni taqdim etdi.Barcha vatandoshlarimizga «Navro’z» ayyomi muborak bo’lsin!.


    2023-yil 14-mart kuni Zarafshon tibbiyot kollejida Navoiy viloyatidan kelgan shifokorlar tomonidan Gepatitning B, S turi hamda OITS va Sifilis kasalliklarini erta aniqlash yuzasidan o’quvchilar va kollej jamoasi o’rtasida tibbiy ko’rik o’tkazildi. Ushbu «Tibbiy ko’rik» da 93 nafar o’qituvchi, ishi-xodimlar ishtirok etdilar.


    2023-yil 6-mart kuni Zarafshon tibbiyot kolleji jamoasi Zarafshon shahridagi «Oltin vodiy» madaniyat uyida 8-mart «Xalqaro xotin-qizlar kuni» munosabati bilan o’tkazilgan bayram tadbirida faol ishtirok etdilar. Barcha ayollarimizga bayram muborak bo’lsin.