Yangi maqolalar

Yangi sharhlar

    Arxivlar

    Bo’limlar



    2022 – yil 5-sentyabr kuni Zarafshon tibbiyot kollejida Mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan hamda «Bilimlar kuni» munosabati bilan «Yangi o’zbekistonda el aziz, inson aziz» shiori ostida bayram tadbiri o’tkazildi. Bu tadbirda O’zbekiton Xalq Demokratik Partiyasining Zarafshon shahar kengashi raisi Shavkat Usmonov va Mafkura bo’limi boshlig’i Inobat Olimova kollejning barcha ma’muriyat xodimlari va ustozlari hamda ikkinchi bosqich o’quvchilari ishtirok etdilar. Bayram tadbiri avval O’zbekiston Respublikasi Davlat Mathiyasi bilan boshlandi so’ngra kollej direktori Sattorov Navro’z Xudoyqulovich so’zga chiqib barcha kollej ustozlari va o’quvchilarni mustaqilligimizning 31 yilligi va Bilimlar kuni bilan tabrikladi. Bayram tadbiridan so’ng barcha guruh rahbarlari va barcha o’quvchilari kollejining «Faollar zali» ga Mustaqillik darsiga kirishlari kuzatib qolindi.

    Comments are closed.