Yangi maqolalar

Yangi sharhlar

    Arxivlar

    Bo’limlar



    Bugun 2022 – yil 25 – fevral kuni Zarafshon tibbiyot kollejiga Navoiy viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshlig’i N.R. Ulug’berdiyev Zarafshon tibbiyot kollejida ta’lim-tarbiya jarayonini qanday faoliyat olib borayotganligi, obodonlashtirish ishlarini hamda o’quvchi yoshlar ta’lim olishlari uchun yaratilgan shart- sharoitlar bilan tanishish maqsadida kollejga tashrif buyurdilar. Bu tashrif jarayonida N.R. Ulug’berdiyev o’quv amaliyot darslari o’tilayotgan jarayonlar, o’quvchilarni darslarga ishtiroki bilan birga, o’quvchi yoshlarimizni taklif va muammolarini so’radilar. Ularga bugungi zamon talabi o’quvchi yoshlarimiz o’z ustilarida ko’proq ishlab, egallagan kasblarini yaxshi o’rganib, oliy ta’limga harakat qilish, hamda ko’proq kitob o’qishlarini, chet tillarni puxta egallashlarini ta’kidlab o’tdilar. Bunday rahbar bilan uchrashuv o’quvchi yoshlarimiz kuchiga kuch, o’qishga bo’lgan shijoatiga shijoat qo’shdi, ularni yanada kuchli bilim olishga chorladi.

    Comments are closed.